Maykl Jekson o‘limidan so‘ng ham pedofiliyada ayblanmoqda
Madaniyat-san’at
−
19 avgust 2023
17870Los-Anjeles Oliy sudi marhum pop-yulduzi Maykl Jeksonga qarshi pedofiliya bo‘yicha da’volarni ko‘rib chiqyapti. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.
Xoreograf Ueyd Robson va aktyor Jimmi Seyfchak kecha, 18 avgust kuni Jeksonni bolaligida ularga tajovuz qilganlikda ayblab, sudga qayta murojaat qilgan. Bundan avval ham ushbu ikki ijodkor Mayklga nisbatan xuddi shu ayblovlar bilan sudga murojaat qilgan edi.
Ular 2013 yilda Jekson hayoti davomida egalik qilgan “MJJ Productions” va “MJJ Ventures” korporatsiyalarini sudga bergan. Da’vogarlarning fikriga ko‘ra, kompaniyalar ularni zo‘ravonlikdan himoya qilishi kerak edi. Ammo sud bu ayblovlarni rad etgan.
Ammo jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq ushbu ish da’vogarlarning apellyatsiyasi bo‘yicha yirik sud qaroridan keyin qayta tiklandi.
Eslatib o‘tamiz, Manxettendagi federal sudya britaniyalik pop-yulduz Dua Lipani 2021 yil chiqargan qo‘shig‘ini saksoninchi yillarda mashhur bo‘lgan “Viggle and Giggle All Night” qo‘shig‘idan ko‘chirib olganlikda ayblagandi.
LiveBarchasi