Mayk Tayson britaniyalik bokschiga qarshi revansh jangini o‘tkazadi
Sport
−
29 aprel 2021
19557Amerikalik bokschi Mayk Tayson britaniyalik Lennoks Lyuis bilan revansh jangini o‘tkazadi.
"Men Lennoks Lyuis bilan jang qilaman. Sentyabr oyida", degan Tayson.
Sportchilar 2002 yilda to‘qnash kelgan. Jangning sakkizinchi raundida britaniyalik texnik nokaut bilan g‘alaba qozongan.
Tayson o‘zining professional karerasida 58 ta jang o‘tkazgan, ularning 50 tasida g‘alabaga erishgan (44 tasi nokaut bilan) va ikki bor mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.
Lyuis esa 44 ta jang o‘tkazib, 41 g‘alabani qo‘lga kiritgan. So‘nggi bor u ringga 2003 yilda ukrainalik Vitaliy Klichkoga qarshi chiqqan. Jangda g‘oliblik Lyuisga topshirilgan.
LiveBarchasi