May oyida Markaziy Osiyo va Xitoy rahbarlari sammiti bo‘lib o‘tadi

Olam

image

Joriy yilning 18-19 may kunlari Xitoy va Markaziy Osiyoning beshta respublikasi rahbarlarining sammiti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chunin ma’lum qildi. 

Aytilishicha, tadbir o‘tkaziladigan joy Xitoy shimolida joylashgan Shensi provinsiyasidagi Sian shahri bo‘ladi. Xitoy rahbari Si Szinpin mezbonlik qiladigan sammitda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi.

Mazkur sammit Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlar o‘rtasida davlat rahbarlari darajasidagi oflayn formatidagi ilk uchrashuv bo‘ladi. Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari Tashqi ishlar vazirlari darajasidagi birinchi uchrashuv 2020 yilda bo‘lib o‘tgan. Keyin Tashqi ishlar vazirlari 2021 yil 12 may kuni Xitoyda va 2022 yil 8 iyun kuni Qozog‘istonda uchrashgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 aprel kuni Sian shahrida Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari Tashqi ishlar vazirlarining to‘rtinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi. Yig‘ilishda may oyida Sian shahrida yetakchilar sammitini o‘tkazishga qaror qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Markaziy Osiyo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing