Pentagon harbiy bazalar masalasida Turkiyaga javob qaytardi
Jamiyat
−
16 dekabr 2019
6412AQSH turk harbiy bazalaridan faqatgina rasmiy Anqaraning ruxsati bilan foydalanyapti. Pentagon Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning AQSH harbiylarini mamlakat harbiy bazalaridan chiqarib yuborish haqidagi fikriga shunday javob qaytardi.
Amerika Mudofaa vazirligi AQSHning Turkiyadagi harbiylarini “ko‘p yillik hamkorlikka sodiqlik, strategik sherik va NATOdagi ittifoqchisining himoyasi ramzi” sifatida e’tirof etgan. Shuningdek, AQSH Mudofaa vazirligi Turkiyani qarashlarda yuzaga kelgan nizolarga konstruktiv munosabatda bo‘lib, yaxshi munosabatlarni saqlab qolishga harakat qilishi ta’kidlangan.
Avvalroq, rasmiy Vashington Turkiya S-400 zenit-raketa majmuasini sotib olgani uchun ittfoqchsiga sanksiya qo‘llasa, rasmiy Anqara AQSH harbiylari uchun Injirlik aviabazasini yopishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi. Bundan tashqari, Yevropa raketaga qarshi mudofaa tizimi joylashtirilgan Kurejik harbiy bazasining ham maqomini o‘zgartirishi ehtimoli borligi ma’lum qilingandi.
LiveBarchasi