Mauro Ikardi Saudiya klubiga o‘tishi mumkin
Sport
−
13 iyun 2023 3579 1 daqiqa
Argentinalik 29 yoshli futbolchi Mauro Ikardi yangi mavsumni Saudiya Arabistonining “Al-Taavun” klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda taniqli futbol jurnalisti Fabritsio Romano ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, 2022 yilda Turkiyaning “Galatasaroy” klubi bilan shartnoma imzolagan hujumchi mavsum yakunida ijaradagi faoliyatini yakunlaydi. Bu vaziyatdan unimli foydalanmoqchi bo‘lgan arablar Ikardiga og‘zaki shartnoma taklif qilmoqchi.
Ma’lumot uchun, argentinalik 2022/2023 yilgi mavsumda “Galatasaroy” safida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Muhsinjon Umurzoqov
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr