PSJ va “Galatasaroy” Mauro Ikardi transferi bo‘yicha kelishib oldi

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi va “Galatasaroy” Mauro Ikardi transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Argentinalik 30 yoshli futbolchining transfer qiymati 10 million yevroni tashkil etadi.

Insayder Fabritsio Romanoga ko‘ra, Istanbul klubi argentinalik hujumchini to‘laqonli sotib olish masalasi bo‘yicha PSJ bilan kelishuvga erishgan. Shuningdek, Ikardining o‘zi “Galatasaroy” klubi bilan yangi shartnoma shartlarini kelishib olgan. 

Ikardi o‘tgan mavsum PSJdan “Galatasaroy”ga ijaraga berilgan va u 24 o‘yinda maydonga tushib,  22 ta gol urgan va 7 ta assistga mualliflik qilgandi. Mauro 2020 yil Parij klubiga “Inter”dan 50+8 mln yevroga o‘tgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

PSJ Mauro Ikardi Galatasaroy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing