Masjidlar ochildi! Karantindan keyingi ilk jamoat namozi ado etildi (fotoreportaj)
Jamiyat
−
17 avgust 2020
9357Bugun, 17 avgust kuni erta tongdan O‘zbekiston bo‘ylab mo‘min-musulmonlar karantindan keyingi ilk jamoat namozini o‘qish uchun jome masjidlarga kelishdi. Bu haqda Musulmonlar idorasi xabar berdi.
Namozxonlar o‘zaro masofani saqlash, niqoblarni to‘liq taqish, qo‘llariga maxsus suyuqlikni surish, maxsus dezinfeksiyalovchi qurilmadan o‘tish kabi karantin qoidalariga to‘liq amal qilib, jamoat namozida qatnashgan.
“Qariyb 5 oydan ortiq vaqt mobaynida namozxonlar jamoat namozini intiqlik bilan kutishgan edi. Shu bois sog‘ingan qalblar masjidlarda taskin, halovat topdi, imom-xatib, qorilarimizning bir-biridan ajoyib Qur’on tilovatiga some bo‘lishdi, bamdod namozini jamoat ixlos bilan ado etishdi.
Jamoat namozlari juda fayzli o‘tdi. Namozdan so‘ng imom domlalarimiz jamoat bilan birga Alloh taologa ko‘p-ko‘p hamdlar, Payg‘ambarimiz sollollohu alayhi va sallamga davomli salovotlar aytishdi, Yurtboshimiz boshchiligidagi rahbarlarimiz, xalqimiz haqiga duoi xayrlar qilishdi, yurtimiz va butun dunyodan kasalliklarni ko‘tarishi so‘rab iltijolar qilishdi”, deyiladi idora xabarida.
LiveBarchasi