Masjidlar faoliyatiga bosqichma-bosqich ruxsat berilishi kutilyapti

Jamiyat

image

O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori bilan karantin talablari yumshatilgan taqdirda, har bir hududning epidemiologik holatini intobatga olib, sanitariya talablariga to‘liq amal qilgan holda masjidlar faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yishga bosqichma-bosqich ruxsat beriladi. Bu haqda diniy soha vakillari ishtirokidagi yig‘ilishda videoselektor aytib o‘tildi.

Yig‘ilishda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofir Ahmedov masjidlar faoliyatini qayta ko‘rib chiqish va hozirgi holati masalasiga alohida e’tibor qaratdi.

Jumladan, u masjidlarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, shuningdek, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan karantin talablari yumshatilgan taqdirda, har bir hududning epidemiologik holatini intobatga olib, sanitariya talablariga to‘liq amal qilgan holda masjidlar faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yishga bosqichma-bosqich ruxsat berish masalasini kun tartibiga qo‘ydi.

O‘z navbatida, Qo‘mita raisi hozirgi paytda respublikadagi masjidlarning mavjud holati to‘liq o‘rganib chiqilganini ham ma’lum qildi.

Ba’zi mahalliy OAV bergan ma’lumotga ko‘ra, masjidlar faoliyati 15 avgustdan bosqichma-bosqich tiklanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston diniy muassasalar faoliyati epideomilogik vaziyat yomonlashgani sababli 10 iyuldan qayta taqiqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

masjid

Baholaganlar

162

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing