Masjid qurilishida yiqilgan quruvchi shifoxonada vafot etdi

Olam

image

Joriy yilning 25 fevral kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida qurilayotgan masjid maydonida favqulodda vaziyat sodir bo‘lgani, qurilish vaqtida narvonlar qulashi natijasida, ishchilar 60 metr balandlikdan yiqilgani haqida xabar bergan edik. Ushbu hodisa natijasida 9 kishi turli darajadagi tan jarohatlarini olgandi. 

Dushanbedagi shifoxonada davolanayotgan quruvchilardan biri vafot etdi. 

“U o‘ziga kelmasdan shu tunda vafot etdi. U jigari yorilishi jarohatini olgandi. Hozirda ikkinchi quruvchi jonlantirish bo‘limida qolmoqda”, deydi shifoxona bosh shifokor o‘rinbosari Sulaymon Tabarov.

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, qolgan 6 nafar jarohatlanganlarning ahvoli barqaror holatda. Jarohatlangan 9 kishidan bir nafari o‘zini yaxshi his etayotgani sabab shifoxonaga yotishni istamagandi.  

Ma’lumot uchun, Dushanbeda qurilayotgan masjid Markaziy Osiyoda eng kattasi bo‘lishi aytilgan. U yerda bir vaqtda 120 ming kishi ibodat qilishi mumkin bo‘ladi.

Ob’ektning har biri 75 metrli to‘rtta minorasi, 47 metrli asosiy gumbaz va 20 ta katta va kichik gumbazlari bor. Masjid Dushanbe shimolida 12 gektar maydonni egallaydi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Dushanbe

Baholaganlar

70

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing