Masjid al-Haram va Masjid an-Nabaviya Ramazon oyida ochilmaydi

Olam

image

Musulmonlar uchun ikkita asosiy ziyoratgoh — Makka va Madinadagi masjidlar Ramazon oyida yopiq qoladi. Bu haqda bugun, 21 aprel kuni "Al Arabiya" nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tegishli qaror Saudiya Arabistonining ikki masjid ishlari bo‘yicha bosh idorasi tomonidan qabul qilingan. Bu koronavirus infeksiyasining mamlakatda va mintaqada tarqalishini oldini olishga yordam beradi deb hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Makka va Madinadagi masjidlar joriy yilning 20 martdan boshlab noma’lum muddatga yopilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda 16 aprelda Haj ziyoratiga tayyorgarlik ko‘rish to‘xtatilgandi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistonida koronavirus bilan bog‘liq 10 484 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 1 490 nafari sog‘aygan, 103 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 8 891 kishini tashkil qilmoqda.

 

Maqola muallifi

Teglar

Makka Madina Koronavirus Saudiya Arabistonida

Baholaganlar

107

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing