Mast haydovchi 11 va 10 yoshli bolalarning umriga zomin bo‘ldi

O‘zbekiston

−

visibility22277 timer1 daqiqa

Kecha, 13 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida yengil avtomobil va velosiped ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida ikki nafar voyaga yetmagan bola vafot etdi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

YTH soat 14:45 larda Amudaryo tumani hududidan o‘tuvchi 4R-181 avtomobil yo‘lining 2-kilometrida yuz bergan. Haydovchi 1986 y.t. Sh.Q. Nexia-2 rusumli avtomobilni mast holda, yuqori tezlikda boshqarib ketayotib, ushbu yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan velosiped haydovchisini urib yuborgan.

Natijada velosipedchi 2009 y.t. R.G. va velosiped yo‘lovchisi 2010 y.t. Sh.N. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etishgan.

Mazkur YTH yuzasidan Amudaryo tumani IIB TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmokda.


Maqola muallifi

Sunnatilla Abdullaev

Baholaganlar

300

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing