Masofaviy ta’lim samaralimi?
Olam
−
10 aprel 2020
9119Rossiyaning oliy iqtisodiyot maktabi mutaxassislari amerikalik hamkasblari bilan an’anaviy va masofaviy ta’lim olish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazdi. Ular qay bir usulda ta’lim olish va ta’lim berish foydaliroq ekanligini aniqladi.
Tadqiqotda an’anaviy, masofaviy va aralash ta’lim guruhlariga bo‘lingan Rossiya universitetlari talabalari ishtirok etdi. Sinov natijalari shuni ko‘rsatdiki, uchta guruh talabalari taklif etilgan kurslarni teng darajada yaxshi o‘zlashtirdi.
Shunga qaramay, yuqoridagi uch holatda bir-biridan farq qilarli jihatlar ko‘zga tashlangan. Tadqiqotchilarning ma’lum qilishicha, masofaviy ta’lim olgan talabalar o‘quv jarayonidan kamroq qoniqishgan. Ushbu ta’lim jarayonining afzalligi esa o‘quv xarajatlari ancha tejalishi ekanligi aytildi.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, onlayn kurslarni ikkinchi darajali o‘rganish usuli, deb hisoblamaslik kerak. Chunki ular talab qilinadigan bilimni arzon narxlarda olishga imkon beradi. Shuningdek, ushbu ta’lim olish turi vaqtni ham tejashi ta’kidlangan.
LiveBarchasi