Maskning onasi o‘g‘lining Sukerberg bilan jangiga aralashdi

Bu qiziq

image
Ilon Mask Mark Sukerberg bilan qafasda jang qiladi north_east

Ilon Mask Mark Sukerberg bilan qafasda jang qiladi

Kecha, 22 iyun kuni Twitter va Meta egalari Ilon Mask hamda Mark Sukerberg o‘zaro qafas jangini o‘tkazishga kelishib olgandi. Bir kun o‘tib, bugun, 23 iyun kuni Ilon Maskning onasi Mey Mask o‘g‘lining Meta korporatsiyasi rahbari Mark Sukerberg bilan jangini bekor qilganini aytdi. Bu haqda u Twitter'dagi sahifasida ma’lum qilgan.

“Jang bekor qilindi. Bu hazil emas. Men bu so‘zimni qayta-qayta aytishda davom etaman”, deb yozadi Mey Mask.

Bu tvitga Ilon Mask kulib turgan stiker bilan javob bergan.

Ma’lumot uchun, Mask va Sukerbergning ehtimoliy jismoniy raqobati ularning faoliyatidagi “poyga” tufayli ham kelib chiqayotgan bo‘lishi mumkin. Chunki Sukerberg egalik qiladigan Meta yaqinda Twitter va boshqa matnli ijtimoiy tarmoq platformalariga raqobat tug‘diruvchi yangi platforma yaratish ustida ishlanayotganini e’lon qilgandi. Maskning Twitter'ni qabul qilganidan so‘ng unda amalga oshirgan ba’zi o‘zgarishlari, jumladan, tasdiqlanganlik belgisi uchun pullik obunalar va shu kabi boshqa islohotlar ko‘pchilik foydalanuvchilarning noroziligiga sabab bo‘layotgan bir paytda yangi platforma Twitter foydalanuvchilarining katta qismini ham “tortib olishi” mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask Mark Tsukerberg

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing