Mask Yer yuzidagi “eng aqlli sun’iy intellekt”ni taqdim etdi

Texnologiya

image

Milliarder Ilon Mask xAI kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Yer yuzidagi “eng aqlli sun’iy intellekt” – Grok 3’ni taqdim etdi. Bu haqda u o‘zining X sahifasida ma’lum qildi.

Taqdimot chog‘ida ishlab chiquvchilar Grok 3 avvalgi Grok 2’dan 10 baravar aqlliroq ekanligini ta’kidlagan. Sinovlarda yangi versiya matematika, kod yozish va ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha GPT-4o, Claude 3.5 Sonnet, Gemini-2 Pro va DeepSeek-V3 kabi modellarni ortda qoldirgan.

Ilon Mask va dasturchilar Grok 3 ilg‘or mulohaza yuritish qobiliyatiga ega bo‘lib, doimiy ravishda takomillashib borishini aytgan. Taqdimotda Grok 3 texnik tafsilotlari bilan birga Marsga parvoz va Yerga qaytish uchun qulay vaqt oynasini hisoblab chiqqan. Maskning ta’kidlashicha, Grok 3 Colossus gigakompyuterida 200 mingta Nvidia H100 chiplari yordamida “o‘qitilgan”. 

Grok 3’da DeepSearch opsiyasi ham mavjud. Sun’iy intellekt har qanday qidiruv so‘rovini qabul qilib, internetdagi barcha ochiq ma’lumotlarni tahlil qiladi va chatda aniq va to‘g‘ri javob beradi. Agar aniq javob mavjud bo‘lmasa, Grok 3 har qanday narsa haqida aniq taxmin qiladi: kelgusi yil uchun ob-havo prognozidan tortib, foydalanuvchining sevimli o‘yinining yangi yangilanishidagi eng yaxshi tuzilishgacha.

Bundan tashqari, u o‘yinlarni real vaqt rejimida yaratish qobiliyatiga ega. Taqdimot davomida model Tetris va “uchlik qator” (Three-in-a-row) janrlarini birlashtirgan o‘yin ishlab chiqqan. Maskning fikricha, bu deyarli sun’iy intellektga asoslangan o‘yin studiyasi hisoblanadi. 

xAI kompaniyasining ma’lum qilishicha, Grok 3 hali ham beta-sinov bosqichida bo‘lib, o‘zining mulohaza yuritish modelini rivojlantirishda davom etmoqda. Shuningdek, taqdimot oldidan rejalashtirilgan ovozli rejim barqaror ishlamagani sababli vaqtincha o‘chirib qo‘yilgan, ammo taxminan bir hafta ichida ishga tushirilishi mumkin.

Grok 3 allaqachon X ijtimoiy tarmog‘ining Premium+ obunachilariga taqdim etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask modelning taqdimoti haqida e’lon qilgan edi. Unga ko‘ra, Grok 3 juda kuchli mantiqiy fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lib, barcha mavjud modellardan ustun va Yer yuzidagi eng aqlli sun’iy intellekt bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask sun'iy intellekt xAI AI Grok 3

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing