Mask X belgisidan voz kechish bilan birga jarima ham to‘laydi
Olam
−
01 avgust 2023
6875Ilgari Twitter nomi bilan tanilgan Ilon Maskning X kompaniyasi bosh qarorgohi tomiga ruxsatsiz miltillovchi X belgisini o‘rnatgani uchun San-Fransisko hukumati tomonidan jarimaga tortildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
28 iyul kuni kompaniyaning rebrendingi doirasida o‘rnatilgan ushbu belgi hafta oxiriga qadar 24 ta shikoyatga sabab bo‘ldi.
Shuningdek, San-Fransisko ma’murlari firmaning belgi uchun ruxsati yo‘qligini aniqlagan. Natijada u dushanba kuni olib tashlandi.
Rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya qurilish inspeksiyasi va rejalashtirish bo‘limining tekshiruvi xarajatlarini ham qoplashi kerak.
Ofis tomidagi X belgisidan voz kechgan kompaniya hozircha faqatgina kichik o‘zgarishlar bilan chegaralanishga majbur bo‘lyapti. Jumladan, platformaning ish oynasi va mobil versiyalaridagi ko‘k qush o‘rnini X belgisi egalladi.
Eslatib o‘tamiz, Kompaniya X belgisini juda yorqin qilib o‘rnatgani uchun binoga yaqin joyda yashovchi odamlarning noroziligiga sabab bo‘lgan.
LiveBarchasi