Mask urushga aralashib qolmaslik uchun Kiyevni aloqa tarmog‘idan uzib qo‘ydi

Olam

image

Ilon Maskning bildirishicha, u “katta urush harakati”ga sherik bo‘lmaslik uchun Kiyevga o‘zining Starlink aloqa tarmog‘iga kirishga ruxsat bermadi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Gap shundaki, Mask uchuvchisiz samolyot hujumining oldini olish uchun Starlink aloqa tarmog‘ini o‘chirib qo‘ygan. Shundan so‘ng Kiyev Rossiyaning yirik dengiz floti porti joylashgan Sevastopolda tarmoqni faollashtirish uchun favqulodda so‘rov yuborgan. Ammo Mask ushbu so‘rovga rozilik bermoqchi emas.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina Sevastopoldagi rus kemalarini uchuvchisiz suvosti kemalari orqali nishonga olgan, biroq ular Starlink bilan aloqani yo‘qotgan va portga zarar yetkazolmagan.

“Hukumat organlaridan Starlink’ni Sevastopolgacha faollashtirish bo‘yicha favqulodda so‘rov kelib tushdi. Bundan maqsad aniq Rossiya flotining katta qismini cho‘ktirib yuborish edi. Agar men ularning iltimosiga rozi bo‘lganimda, SpaceX katta urush va mojarolarning kuchayishiga aniq sherik bo‘lar edi”, dedi Mask.

U, shuningdek, ikki tomonni sulh tuzishga chaqirdi va mayda yerlarni qo‘lga kiritish uchun odamlar o‘layotgani, bu ularning hayotiga arzimasligini aytdi.

“Starlink urushlarda foydalanish uchun mo‘ljallanmagan. Bu odamlar Netflix’ni tomosha qilishi va dam olishi, maktab darslarida onlayn bo‘lishi va tinch-totuv ishlar bilan shug‘ullanishi uchun edi, dron hujumlari uchun emas”, dedi u.

Ma’lumot uchun, Mask eng yirik aksiyador bo‘lgan SpaceX kompaniyasi o‘tgan yilning fevral oyida Rossiya qo‘shnisiga keng ko‘lamli hujum boshlaganidan ko‘p o‘tmay, Ukrainaga minglab Starlink sun’iy yo‘ldosh antennalarini yetkazib berishni boshlagandi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Koinot kuchlari qo‘mondoni general Chens Saltsmen Rossiya tomoni Ukrainadagi Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimini buzishga urinayotganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina urush Ilon Mask Starlink

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing