Mask Trampning ko‘z o‘ngida AQSH Davlat kotibi bilan janjallashdi – OAV

Olam

image
AQSH byudjeti qisqartirilmasa, bankrot bo‘ladi – Ilon Mask north_east

AQSH byudjeti qisqartirilmasa, bankrot bo‘ladi – Ilon Mask

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio va milliarder tadbirkor Ilon Mask Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qizg‘in bahslashdi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib, “The New York Times” xabar berdi.

Voqea Vazirlar Mahkamasini qayta tashkil etish va davlat xarajatlarini qisqartirishga bag‘ishlangan yig‘ilish chog‘ida yuz berdi.

Nashrning yozishicha, mojaro boshida Mask Rubioni qo‘l ostidagilar orasidan hech kimni ishdan haydamagani uchun qoralagan. Bunga javoban Davlat kotibi tadbirkorni yolg‘onchilikda ayblab, u allaqachon Davlat departamentining 1500 nafar xodimini qisqartirganini aytgan.

Biroq Mask o‘z fikridan qaytmagan va istehzo bilan Rubioning “televideniyeda yaxshi” ekanini aytib, uning haqiqiy boshqaruv qarorlarini qabul qila olmasligiga shama qilgan.

“Butun muloqot AQSH Prezidenti Donald Trampning ko‘z o‘ngida bo‘lib o‘tdi, u qo‘llarini kesishtirgan holda o‘rindiqqa o‘tirib, nima bo‘layotganini kuzatdi”, deb yozadi NYT.

Qayd etilishicha, mojaro davom etar ekan, Tramp nihoyat aralashib, Rubioni himoya qilgan. U Davlat kotibi “a’lo darajada ish” qilayotganini, xususan, tez-tez sayohat va faol ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilayotganini, shuningdek, tashqi siyosat bo‘limini boshqarayotganini ta’kidlagan.

Manbaga ko‘ra, Rubio bilan janjaldan oldin Ilon Mask Transport vaziri Shon Daffiga Federal aviatsiya boshqarmasi jihozlarining holati haqida maslahat bergan. Biroq hech kim Daffini himoya qilib gapirmagan. Aksincha, Savdo vaziri Govard Lutnik Maskni qo‘llab-quvvatlagan.

“Politico”ning yozishicha, AQSH Prezidenti Donald Tramp ommaviy ishdan bo‘shatish va milliarderning davlat xodimlariga tahdidlari to‘lqinidan so‘ng bo‘lib o‘tgan uchrashuvda davlat departamentlari rahbarlariga Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari Ilon Mask kadrlar siyosati bo‘yicha bir tomonlama qarorlar qabul qilish huquqiga ega emasligini, ammo bo‘limlarga tavsiyalar berishi mumkinligini aytgan. Uchrashuvda Maskning o‘zi ham ishtirok etgan. Trampning bu bayonoti “Maskning mandatini cheklash yo‘lidagi birinchi jiddiy qadam” bo‘lgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Ilon Mask Marko Rubio

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing