Mask-Tramp janjali tugadi. Ilon uzr so‘radi

Olam

image

Amerikalik milliarder Ilon Mask o‘tgan hafta jamoatchilik orasida shov-shuvga sabab bo‘lgan AQSH Prezidenti Donald Tramp haqidagi so‘zlari uchun afsusda ekanini bildirdi. Bu haqda u bugun, 11 iyun kuni X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

“O‘tgan hafta Prezident Donald Tramp haqidagi ba’zi postlarimdan afsusdaman. Ular juda uzoqqa cho‘zilib ketdi”, deb yozdi Ilon Mask.

Milliarder va Prezident o‘rtasidagi mojaro tadbirkor Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) boshlig‘i lavozimini tark etganidan so‘ng darhol yuzaga keldi. Boshqa narsalar qatorida u Prezident tomonidan imzolangan byudjet loyihasini “jirkanchlik” deb atadi.

Tramp bunga javoban tadbirkor aqldan ozganini va Maskning kompaniyalari bilan hukumat shartnomalarini bekor qilish bilan tahdid qilganini aytdi.

Keyin u barcha Crew Dragon kemalarini foydalanishdan chiqarishga va’da berdi, lekin tez orada fikrini o‘zgartirdi.

Milliarder, shuningdek, Prezidentning jinsiy jinoyatda ayblangan moliyachi Jeffri Epshteyn ishiga aloqadorligi taxmin qilinganini aytdi, biroq tez orada bu postni o‘chirib tashladi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Ilon Mask

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing