Mask nima uchun “Twitter” va “ko‘k qush”dan voz kechganini tushuntirdi

Texnologiya

image

Rebrendingdan so‘ng Twitter'dagi postlar “tvitlar” emas, “x” deb nomlanadi. Bu haqda Twitter egasi Ilon Mask ma’lum qildi.

Milliarderning aytishicha, ijtimoiy tarmoq konsepsiyasi o‘zgargani uchun, Twitter’ning nomi ham o‘zgartirilgan.

“Ilgari “qush tvitlari” 140 belgidan iborat qisqa xabarlar almashinuvidan iborat bo‘lsa, endi qushning logotipi va nomi ham mantiqiy jihatdan mos emas. Chunki, siz istalgan hajmdagi xabar va videoni yuklashingiz mumkin”, deydi Mask.

Mask tez orada ijtimoiy tarmoq kompleksini yaratish va uning "moliyaviy holatini qo‘lga olish”ga va’da bergan. Shuningdek, u o‘ziga aloqador barcha kompaniya va texnologiyalarni yagona X dasturiga birlashtirmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Twitter egasi Mask platformaning nomini X’ga o‘zgartirgandi. Kechadan boshlab Twitter foydalanuvchilari ekranlarida kompaniyaning ramzi bo‘lgan qushcha o‘rniga X belgisi ko‘rinish berishni boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Twitter Ilon Mask

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing