Mask insoniyatni qutqarish uchun Tesla aksiyalarini sotmoqchi

Olam

image
0:00
0:00
download

Amerikalik tadbirkor, o‘tgan haftada “Forbes” versiyasiga ko‘ra, milliarderlar reytingida birinchi o‘rinni egallagan Ilon Mask insoniyatni ochlikdan qutqarish uchun pulining bir qismini sarflashga tayyorligini ma’lum qildi.  

Ta’kidlanishicha, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP)
ijrochi direktori Devid Bizli Maskni “halokat”ning oldini olish maqsadida ochlik bilan kurashish uchun mablag‘ ajratishga chaqirgan. 

Qayd etilishicha, Maskning hozirgi kunda deyarli 289 milliard dollarga teng bo‘lgan boyligining atigi 2 foizi odamlarni ochlikdan qutqarish uchun kerak bo‘ladi. 

“Agar WFP 6 milliard dollar dunyodagi ochlik muammosini qanday hal qilishini tushuntirib bera olsa, men hozirning o‘zida Tesla aksiyalarini sotishga va uni hal qilishga tayyorman. Ammo moliyaviy hisobotlar ochiq bo‘lishi kerak, shunda jamoatchilik pul qanday sarflanishini aniq ko‘rishi mumkin”, deb yozgan Mask Twitter’dagi sahifasida. 

Avvalroq, Mask o‘z mablag‘ini insoniyatni Marsga uchirish uchun sarflashni rejalashtirayotganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

ochlik Mask insoniyat

Baholaganlar

350

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing