Mashinaning ichida 4 kishi tiriklayin yonib ketdi
3-sahifa
−
19 avgust 2023 30014 2 daqiqa
Qozog‘istonning Turkiston viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 18 avgust kuni soat 23:30 larda Turkiston viloyati hududida harakatlanib ketayotgan Nissan qarama-qarshi yo‘nalishdagi Mercyedes-Benz bilan to‘qnashib YTH sodir etgan. Oqibatda Mercedes-Benz salonida yong‘in yuzaga kelgan va uning ichidagi haydovchi hamda 3 nafar yo‘lovchi tiriklayin yonib ketgan.
“Avtohalokat oqibatida Mercyedes yonib ketgan va uning salonida bo‘lgan 3 nafar yo‘lovchi va haydovchi voqea joyida halok bo‘lgan”, deyiladi xabarda.
IIVga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlangan hamda tergov harakatlari olib borilmoqda. Nissan haydovchisi mamlakat Jinoyat kodeksining 345-moddasi (avtoulovni boshqarayotgan shaxs tomonidan yo‘l harakati qoidalarini yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish, beparvolik tufayli ikki yoki undan ortiq odamning o‘limiga sababchi bo‘lish) bilan 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi hamda 7 yilgacha ma’lum lavozimlarni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Olmaota viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida bir oilaning 3 nafar a’zosi halok bo‘lgan edi. Ma’lum qilinishicha, DAF rusmli benzovoz bilan to‘qnashgan Lexus'ning haydovchisi, uning rafiqasi va bolasi mashina ichida tiriklayin yonib ketgan.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust