Mashina boshqarayotib, telefonda gaplashgan hokim haydovchisi jarimaga tortildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Mingbuloq tumani hokimi haydovchisi avtomobilda boshqaruvda bo‘lgan vaqtda telefondan foydalangani aks etgan surat tarqaldi. Holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, holat Namangan viloyati YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilgan. Trailblazer avtomobili haydovchisiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-1-moddasi 1-qismi (transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi) bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Hozirda haydovchi jarimani to‘lagani ma’lum qilindi. Shuningdek, tarmoqlarda ushbu avtomobil arxivlashtirilgani haqida ham xabar tarqaldi. 

“Ushbu Trailblazer rusumli avtomobil 2020 yil 11 dekabr kuni “Art soft holding” mas’uliyati cheklangan jamiyati nomiga rasmiylashtirilib, belgilangan tartibda ruyxatdan o‘tkazilganini va hozirda amaldaligini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan hokim haydovchisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing