Mashhur germaniyalik murabbiy “Paxtakor” murabbiyiga aylanadimi?
Sport
−
22 noyabr
30618Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning “Paxtakor” klubi raisi Jahongir Ortiqxo‘jayevning germaniyalik taniqli murabbiy Yoaxim Lyov bilan tushgan surati tarqaldi va bu holat nemis mutaxassisining Toshkent klubi ustoziga aylanishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlarni keltirib chiqardi.
2014 yilda Germaniya terma jamoasini jahon chempioniga aylantirgan 64 yoshli Lyov 2021 yildan ishsiz hisoblanadi. U faoliyati davomida Germaniya terma jamoasidan tashqari o‘z mamlakati, shuningdek, Avstriya va Turkiyaning bir nechta klublarini boshqargan.
U Toshkent klubi murabbiyi bo‘lish-bo‘lmasligi haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.
QALAMPIR.UZ manbasiga ko‘ra, “Paxtakor”ni biror top murabbiy boshqarish ehtimoli yo‘q emas, jumladan, Lyov yoki uning darajasidagi mutaxassislar Toshkent klubi ustoziga aylanishi mumkin.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum chempioni hisoblangan “Paxtakor” klubining joriy mavsum unchalik ishlari yurishmadi. “Sherlar” 25 ta turdan keyin 38 ochko bilan O‘zbekiston chempionatida 5-o‘rinni egallab turibdi.