Mashhur germaniyalik futbolchi Shomurodovga jamoadosh bo‘ldi

Sport

image

Germaniyalik taniqli himoyachi Mats Xummels Italiyaning “Roma” klubi a’zosiga aylandi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano o‘zining X’dagi sahifasida ma’lum qildi. 

35 yoshli futbolchi erkin agent sifatida “bo‘rilar” safiga kelib qo‘shildi. Uning oxirgi to‘p tepgan klubi “Borussiya Dortmund” bo‘ldi. O‘tgan mavsumda futbolchi jami 40 ta bahsda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Hozirda “Transfermarkt” portali Xummelsni 5 million yevroga baholamoqda.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasining 29 yoshli sardori Eldor Shomurodov ham “Roma” klubi a’zosi hisoblanadi. Joriy mavsumda Shomurodov rimliklar safida 2 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishni uddaladi.


Maqola muallifi

Teglar

Roma Eldor Shomurodov Mats Xummel's

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made