Mashhur aktrisa noma’lum shaxslar tomonidan kaltaklandi

Madaniyat-san’at

image

Nyu-York shahrida noma’lum shaxslar aktrisa Jennifer Agostinini shafqatsizlarcha kaltakladi. Bu haqda “New York Post” xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 43 yoshli aktrisa dugonasi Prendinellis Garsiya bilan birga Manxettendagi klublardan birida dam olayotgan bo‘lgan. Ikkalasi klubni tark etayotganda, ularga 10-15 kishi atrofidagi bir guruh shaxslar hujum qilgan. Guruh a’zolari ayollarni haqoratlay boshlagan va shavqatsizlarcha do‘pposlagan.

Hodisa oqibatida Agostini yuzining bir necha joyidan jarohatlangan. Aktrisaning ta’kidlashicha, mart oyida u bir katta loyihada rol o‘ynaydi. Shuning uchun endilikda u tashqi qiyofasini tiklash uchun bir nechta plastik jarrohlik amaliyotidan o‘tishi kerak.

Ma’lumot o‘rnida: aktrisa Jennifer Agostini “Joshua daraxti” va “Qiynoqlar kamerasi” filmlaridagi rollari bilan tanilgan.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Jennifer Agostini

Baholaganlar

613

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing