Video: Mashhur aktyor Tom Xenks do‘konni tunadi

Madaniyat-san’at

Amerikalik mashhur aktyor Tom Xenks bahslashib, Jimmy Kimmel Live shousi doirasida Los-Anjelesdagi do‘konni tunab ketdi. Uning chiqishidan bir parcha YouTube`da e’lon qilindi.

Shou boshlovchisi Jimmi Kimmel Xenks “barcha munosabatlarda judayam ajoyib va qoyilmaqomligini ta’kidlab”, u biror marta ham mojaroli vaziyatlar markaziga tushib qolmaganiga e’tibor qaratgan. Aktyorga yaqin o‘rtadagi do‘konga kirib, u yerdan biror buyumni pul to‘lamay olib chiqish taklif qilingan. Xenks taklifni qabul qilib, do‘kondan zining kartondan yasalgan shaklini va bir qancha “Oskar” haykalchalarini olgan. Aktyor do‘kondan “men Tom Xenksman va bu haykalchalarni olyapman”, deb chiqqan. Keyinroq, bular uchun aktyorning qo‘riqchisi pul to‘lagan.

Tom Xenks  eng yaxshi erkak roli uchun ikki marta (“Forrest Gamp” va “Filadelfiya” kinokartinalari uchun) “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan. Aktyor “Yashil milya”, “Gudzondagi mo‘jiza”, “Qo‘lingdan kelsa, tutib ol” filmlaridagi rollari ortidan mashhurlikka erishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tom Xenks

Baholaganlar

98

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing