Koronavirusga chalingan Tom Xenks va uning rafiqasi shifoxonadan chiqarildi

Madaniyat-san’at

image
Abdulla Aripov RF Bosh vaziri bilan koronavirus pandemiyasini muhokama qildi north_east

Abdulla Aripov RF Bosh vaziri bilan koronavirus pandemiyasini muhokama qildi

COVID-19 koronavirusi yuqtirib olgan amerikalik mashhur aktyor Tom Xenks va uning rafiqasi Rita Uilsonga shifoxonadan uyiga javob berildi. Bu haqda CNN aktyorning vakiliga tayanib xabar berdi.

Juftlik Avstraliyaning Kvislend shahridagi shifoxonalardan birida davolangan. Shifoxonadan chiqqanidan keyin ham juftlik karantnda qoldirilgan. Qayd etilishicha, Xenks va Uilson Avstraliyaga Elvis Presli haqidagi filmda suratga tushish uchun kelgan. Xenks rejissyor Baz Lurmann kinokartinasida Preslining boshqaruvchisi “Polkovnik” Tom Parkerni gavdalantirish kerak. Suratga hozirda to‘xtatilgan. 

Avvalroq, Tom Xenks va uning rafiqasi Rita Uilson koronavirusga chalingani haqida aktyorning o‘zi ma’lum qilgandi.

Tom Xenks “Forest Gamp”, “Surgun”, “Gudzondagi mo‘jiza” va boshqa ko‘plab filmlardagi roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish.

2016 yilda AQSH Prezidenti Baraka Obama Xenksni Prezidentning ozodlik medali bilan taqdirlagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni soat 06:00 da qayd etildi. Ushbu virusni yuqtirib olgan bemor – oliy toifali shifokor  11 mart kuni Fransiyadan qaytgan bo‘lgan. Ayni vaqtda ushbuvirusni yuqtirib olgan bemorlar soni 8 nafarga yetdi. 

Ma’lumot uchun, dunyo bo‘yicha 182 609 kishi koronavirusga chalingan. Shundan, 7171 nafar bemor vafot etgan, 79 883 nafar bemor xastalikdan forig‘ bo‘lgan.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.


Maqola muallifi

Teglar

Tom Xenks koronavirus

Baholaganlar

82

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing