Mart oyida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?
Jamiyat
−
23 fevral 2024 22081 1 daqiqa
O‘zbekiston aholisi mart oyida 2 ta bayram hisobiga dam oladi. Bu haqda “2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Prezident farmonida aytib o‘tilgan.
Unga ko‘ra, yakshanba kunlarini ham qo‘shib hisoblaganda haftasiga 5 kun ishlaydigan O‘zbekiston fuqarolari martda 13 kun dam oladi.
Bayram kunlari 8 martdan boshlanadi. Bunda 8 mart, juma va undan keyin ikki kun 9-10 mart kunlari dam olish kuni hisoblanadi.
Shuningdek, 21 mart payshanba – Navro‘z bayrami ham dam olish kuni, deb belgilangan. Shu munosabat bilan, o‘zbekistonliklar ketma-ket to‘rt kun: 21, 22, 23 va 24 martda dam oladi.
Bundan tashqari, ish haftasining turidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun 22 mart, juma kuni va olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 23 mart, shanba — qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilangan.
Live
Barchasi