Marselo “Real”da tarixiy rekordni yangiladi

Sport

image

Avvalroq, Madridning “Real” klubi Ispaniya Superkubogi finalida Bilbaoning “Atletik” klubini mag‘lub etgani haqida xabar bergan edik.

Ma’lum bo‘lishicha, “qaymoqranglilar” himoyachisi Marselo uchun Superkubok Madrid klubida qo‘lga kiritilgan 23-sovrin bo‘ldi. Braziliyalik futbolchi 23 ta kubokga ega yarim himoyachi Fransisko Gentoning rekordini takrorlab, klub tarixida eng ko‘p musobaqada g‘olib chiqqan futbolchiga aylandi. Ulardan keyingi pog‘onada Serxio Ramos (22) va Manolo Sanchis (21) bormoqda.

Marselo 2007 yildan beri “Real”da o‘ynab kelmoqda. Bu vaqt ichida himoyachi besh marta La liga chempionligi va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi, to‘rt marta Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan bo‘lsa, uch marta UEFA Superkubogi va ikki marta Ispaniya kubogini qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, “Atletik” – “Real” uchrashuvi 2:0 hisobida “qaymoqranglilar” foydasiga hal bo‘ldi. “Qirollik klubi” safida yarim himoyachi Luka Modrich va hujumchi Karim Benzema gol urdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Real Serxio Ramos Marselo Superkubok Atletik

Baholaganlar

56

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing