Marokashlik futbolchilar dengizda yo‘qolib qoldi

Sport

image

Marokashning “Ittihad Tangiyer” futbol klubi futbolchilari yaxtada sayohatdan so‘ng dengizda g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda “Le360” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, besh nafar futbolchi 6 iyul kuni tushdan keyin ijaraga olingan kichik yaxtada dengizga chiqqan va qirg‘oqdan bir necha kilometr uzoqlikda harakatlangan. Ularning hammasi suzish uchun suvga sakragan, bortda hech kim qolmagan. Kuchli shamol yaxtani haydab yuborgan va futbolchilar yaxtaga yetib bora olmagan.

Qayd etilishicha, 3 nafar futbolchi topilgan va qutqarilgan, 2 futbolchi esa hali qidirilmoqda. Qidiruv ishlariga maxsus qayiqlar va qutqaruv guruhi jalb etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

dengiz sayohat Marokash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made