Marokash ketma-ket g‘alabalar bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi
Sport
−
15 Oktabr 1701 2 daqiqa
Marokash terma jamoasi Jahon chempionati–2026 saralash bosqichida tarixiy yutuqqa erishdi. “Atlas sherlari” kecha, 14 oktyabr oqshomida Rabatdagi “Mulay Abdulla” stadionida Kongo terma jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etib, Jahon chempionati saralash bosqichidagi ketma-ket g‘alabalar bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi. Bu haqda “Supersport” nashri xabar berdi.
Valid Regragi shogirdlari bu natija bilan 2008–2009 yillarda ketma-ket 15 ta g‘alaba qayd etgan Ispaniyani ortda qoldirdi. Marokash “E” guruhidagi barcha sakkiz o‘yinda g‘alaba qozonib, Afrika saralash bosqichida hech qanday ochko yo‘qotmagan yagona jamoa sifatida tarixga kirdi. Marokash terma jamoasi Qatar–2022 Jahon chempionati saralash bahslarini ham qo‘shib hisoblaganda g‘alabali seriyasini 16 uchrashuvga yetkazdi. Shu tariqa, “Atlas sherlari” Ispaniya terma jamoasining avvalgi natijasidan bir o‘yinga yaxshi ko‘rsatkich qayd etib, bu borada yangi rekordchiga aylandi.
Uchrashuv davomida mezbonlar to‘liq ustunlikni qo‘lga kiritdi. Birinchi bo‘limda Nayef Agerd va Abde Ezzalzuli imkoniyatlardan foydalana olmadi. Ikkinchi bo‘limda Ismael Saybari va Neyl El-Aynaui tomonidan berilgan zarbalar Kongo darvozaboni Perrauld Ndingani og‘ir sinovdan o‘tkazdi. Biroq 63-daqiqada En-Nesiri imkoniyatni boy bermay, to‘pni darvozaga joylashtirdi. Bu gol Marokashning g‘alabali rekordini mustahkamladi.
Shundan so‘ng Regragi hujumni kuchaytirish uchun bir nechta o‘zgarishlar amalga oshirdi, ammo yakunda bitta golning o‘zi Marokashga yetarli bo‘ldi.
Ushbu natija bilan Marokash ketma-ket g‘alabalar soni bo‘yicha yangi xalqaro rekord o‘rnatdi va JCH-2026 saralash bosqichini ajoyib tarzda yakunladi.
Live
Barchasi