Marokash futbolchilari o‘z bonuslarini zilziladan jabrlanganlarga beradi

Sport

image

Marokash terma jamoasi futbolchilari, murabbiylar va xodimlar Afrika Millatlar Kubogi boshlangunga qadar o‘tkazilgan o‘yinlar uchun bonuslarini mamlakatdagi zilziladan jabrlanganlarga xayriya qiladi. Bu haqda Marokash terma jamoasi sardori Romen Saiss o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi.

“Biz siz bilanmiz va dardingizga sherikmiz. Marokash bizni birlashtiradi”, deydi Saiss.

Shuningdek, Marokash qirollik futbol federatsiyasi 12 sentyabr kuni Burkina-Fasoga qarshi 1:0 hisobidagi o‘rtoqlik o‘yini uchun sotilgan barcha chiptalar zilzila oqibatlarini bartaraf etishga sarflanishini bildirgan.

Ma’lumot o‘rnida, Afrika Millatlar kubogi 2024 yilning yanvar oyida Kot-D'Ivuarda start oladi.

Eslatib o‘tamiz, 9 sentyabrga o‘tar kechasi Marrakesh shahri yaqinida 6,9 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan edi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida qariyb 3 ming kishi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

zilzila futbolchilar Marokash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing