Marokash aviatsiya muammolari tufayli Afrika millatlar kubogini o‘tkazib yuboradi

Sport

image

Futbol bo‘yicha Marokash milliy terma jamoasi 13 yanvardan 4 fevralga qadar bo‘lib o‘tadigan 7-Afrika millatlar chempionatida ishtirok etish uchun Jazoirga ucha olmaydi. Bu haqda Marokash qirolligi futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Marokash futbol jamoalarining rasmiy tashuvchisi hisoblangan “Royal Air Maroc” (RAM) kompaniyasi samolyotlarining Rabot shahridan Jazoirning Konstantini shahriga parvozi tashkilotchilar tomonidan tasdiqlanmagan.

Federatsiya vakillari Marokash terma jamoasi musobaqada ishtirok etishga hozirlik ko‘rayotgani va Efiopiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishini ta’kidlagandi. Biroq Jazoirda bo‘lib o‘tadigan Afrika millatlari chempionati boshlanishidan bir kun avval Rabot – Konstantin yo‘nalishi bo‘yicha RAM reysini amalga oshirishga ruxsat Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) tomonidan tasdiqlanmadi.

Qator kuzatuvchilar mavjud vaziyatni ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi munosabatlarda davom etayotgan o‘tkir siyosiy inqiroz tufayli Jazoir rasmiylari RAM samolyotining haddan tashqari ko‘p parvoziga ruxsat berishni istamasligi bilan izohlagan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida Marokash terma jamoasi yarim finalga chiqdi va 4-o‘rinni egalladi.

Afrika Millatlar chempionati CAF homiyligida o‘tkaziladi. Musobaqa birinchi marta 2009 yilda bo‘lib o‘tgan. Afrika millatlar kubogidan farqli o‘laroq, turnirda faqat mamlakatlarning ichki chempionatlari o‘yinchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishi mumkin, xorijlik futbolchilar esa chempionatda qatnashishi mumkin emas.


Maqola muallifi

Teglar

Jazoir Marokash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing