Markaziy o‘yindan so‘ng Italiyada chempion nomi deyarli aniq

Sport

juventus-napoli-1040x572

Kecha Italiya A seriyasining 26 turida musobaqa peshqadamlari “Napoli” va “Yuventus” Neapol shahrida o‘zaro bahs olib borishdi. O‘yindan oldin turinliklar musobaqa jadvalida Anchelotti shogirdlaridan 13 ochko ilgarilab ketgan edi. Shu boisdan o‘yinga bo‘lgan intriga biroz past bo‘lgan bo‘lsada, “Napoli” futbolchilari markaziy o‘yindagi g‘alaba bilan mehmonlarga yaqinlashib olishni maqsad qilishgan edi.

Avvaliga Miralem Pyanich va Emri Janlarning gollari evaziga “Yuventus” oldinga chiqib oldi. Shundan keyin “Napoli” turnir jadvalida bo‘lgani kabi o‘yinda ham ta’qibchi rolida harakatlanishni boshladi. Ikkinchi bo‘limda mezbonlar biroz ishonchiliroq ko‘rindi va Kalexon 61 daqiqada hisobni bittaga qisqartirgan bo‘lsada, qolgan vaqtlar davomida jamoa hisobni o‘zgartirish va oldinga chiqib olishning imkonini topisha  olmadi.

Musobaqa yakuniga 12 tur qolganida eng yaqin ta’qibchisini 16 ochkoga ortda qoldirayotgan “Yuventus”, Italiya chempionligini deyarli naqd qilib qo‘ydi.


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus Napoli

Baholaganlar

21

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing