Jizzaxda shirinlik sexi yonib ketdi
Jamiyat
−
13 iyun 2019
5543Kecha, 12 iyun kuni Jizzax shahrida joylashgan yirik qandolat sexi yonib ketdi. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.
Yong‘in 12 iyun kuni soat 20.45 larda Jizzax shahar H.Olimjon mahallasi R.Axmurodov ko‘chasida joylashgan “Bonu shirinliklari” MCHJga qarashli qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish fabrikasida sodir bo‘lgan.
Yong‘inni bartaraf etishga 6 ta yong‘in o‘chirish avtoekipajlari va qutqaruv otryadining 2 ta bo‘linmalari yuborilgan.
Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘indan binoning 900 kv metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in oqibatida qandolatchilik sexining 400 kv metr maydonda tom qismi, ichki jihozlari va mahsulotlari yonib zararlangan.
Yong‘in kelib chiqishi sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr