Markaziy Osiyoga kelgan Germaniya Prezidenti sanksiyalardan gap ochdi
Olam
−
22 iyun 2023
10931Yevropa Ittifoqi (YeI) kelajakda G‘arb davlatlari tomonidan Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni chetlab o‘tishning oldini olish mexanizmlari ishlab chiqilishini kutmoqda. Bu haqda bugun, 22 iyun kuni Bishkekda Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Qirg‘iziston davlati rahbari Sadir Japarov bilan muzokaradan so‘ng ma’lum qildi.
“Yevropa Ittifoqining vakolatli organlari bilan yaqin hamkorlikda sanksiyalarni chetlab o‘tishning oldini olish imkoniyatlari topiladi, degan umidlarimiz bor”, degan Shtaynmayer.
Shuningdek, u Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi shartlaridan kelib chiqib, buni amalga oshirish oson bo‘lmasligini tan olgan.
“Biz bilamizki, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari uchun tovarlar va yuk tashish hamda ularning harakatini kuzatish qiyin”, deya tushuntirgan Germaniya Prezidenti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Shtaynmayer Qozog‘istonga tashrifi chog‘ida Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tish mavzusi muhokama qilingan.
“Sanksiyalarni chetlab o‘tish masalasiga kelsak, biz ham bunday bo‘lmasligini istardik. Biz Qozog‘istonda bu mavzuni ko‘targanmiz va Qirg‘izistonga nisbatan ham xuddi shunday umidlarimiz bor”, deya qo‘shimcha qilgan Prezident.
Eslatib o‘tamiz, 19-21 iyun kunlari Frank-Valter Shtaynmayer Qozog‘istonda bo‘lib, u yerda Prezident Qosim-Jomart To‘qayev bilan uchrashgandi. 21-23 iyun kunlari esa Germaniya Prezidenti Qirg‘izistonda bo‘ladi.
LiveBarchasi