Markaziy Osiyodan kelayotgan migrantlar uchun talablarni kuchaytirish kerak – Putin (video)
Olam
−
19 dekabr 2024
7845Rossiyaga kelayotgan migrantlar o‘zlari yashayotgan davlatni hurmat qilishlari uchun ularga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirish kerak. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 19 dekabr kuni “Vladimir Putin bilan yil natijalari” dasturida ma’lum qildi.
Uning qayd etishicha, Markaziy Osiyo aholisi Rossiyada ishlash uchun o‘qitilishi kerak. U yerda rus maktablari ochilishi, madaniyat va til o‘rgatilishi zarur.
Shuningdek, Vladimir Putin migratsiya muammosini “juda nozik va o‘tkir” deb atagan. Uning ta’kidlashicha, Rossiyada ishchilar yetishmaydi. Bo‘sh ish o‘rinlari soni allaqachon yuz minglab topiladi. Migrantlar sonini kamaytirish uchun mehnat unumdorligini oshirish va yuqori texnologiyali sohalarga e’tibor qaratish lozim. Putin muhojirlar kelgan davlatlar bilan ham ishlash kerak, deb hisoblaydi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, migratsiya masalalari bo‘yicha ishlarni Ichki ishlar vazirligi faoliyati doirasida kuchaytirish kerak. Ish keng qamrovli bo‘lishi uchun iqtisodiyot bo‘limlari vakillarini vakolatga oladigan alohida markaz tashkil etish zarur.
“Keyin markaz yetuklashib, zarur vakolatlarga ega bo‘lgach, alohida bo‘lim tashkil etilishi mumkin”, degan Putin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada chet ellik ishchilar uchun eng yuqori maoshlar ro‘yxati e’lon qilingandi.
LiveBarchasi