Markaziy Osiyodagi eng kuchli va fojiali zilzila yuz berganiga 53 yil to‘ldi

Bu qiziq

image

1966 yilning 26 aprelida sahargi soat 5 dan 22 daqiqa 53 soniya o‘tganida Toshkent zilzilasi yuz bergan edi. Zilziladan avval kuchli portlashdagi kabi tovush eshitilib, shahar chekkasida shafaq ko‘ringan. Ilmiy tekshirishlarning natijalariga ko‘ra, shafaqning kelib chiqishiga yer ostida yig‘ilgan tektonik kuchlanishning yer yuzasiga chiqishi vaqtida elektr energiyasiga aylanishi sabab bo‘lgan.

8-9 balli zilzila natijasida Toshkentda 8 odam halok bo‘lgan, yuzlab odamlar jarohatlangan. Zilzila o‘chog‘i 5–10 km chuqurlikda joylashgan.

Rasmiy xabarlarga qaraganda, zilzila oqibatida mingdan ortiq binolar vayron bo‘lgan, toshkentliklarning 300 minggi boshpanasiz qolgan. O‘sha paytda Toshkent aholisi 1,5 million odamni tashkil qilgan.

Toshkentni qayta qurish uchun butun Sovet Ittifoqidan quruvchilar jalb qilingan edi. 3,5 yil ichida Toshkentda 2 million kvadrat metrga yaqin turar-joy binolari qurilgan.

1970 yilda Toshkentdagi kuchli zilzilani aks ettiruvchi "Jasorat" monumenti barpo etilgan. Monument haykaltarosh Dmitriy Ryabichev tomonidan barpo etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Zilzila

Baholaganlar

122

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing