Markaziy Osiyoda yagona telekanal tashkil qilinadi
Jamiyat
−
12 avgust
11494Markaziy Osiyo davlatlarining umumiy telekanali tashkil etilishi mumkin. Bu haqda Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida o‘tkazilgan mintaqa davlatlarining vakolatli ommaviy axborot vositalari vakillari maslahat yig‘ilishida so‘z bordi.
Qayd etilishicha, tadbirda Qozog‘iston Madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosari Kanat Iskakov, Tojikiston Televideniye va radioeshittirish davlat qo‘mitasi raisi Nuriddin Said, O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari va bir qator shaxslar ishtirok etgan.
Shuningdek, yig‘ilish davomida OAV sohasida global muammolarga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikda qilinadigan sa’y-harakatlar muhimligi ta’kidlangan. Yig‘ilishdagi asosiy masalalardan biri Markaziy Osiyoda yagona axborot makonini yaratish bo‘lgan.
Bunda tomonlar axborot xavfsizligi va madaniy almashinuvni mustahkamlash uchun mintaqaviy umumiy telekanal va media platforma yaratish g‘oyalariga to‘xtalgan va mediasavodxonlikni oshirish va soxta xabarlarga qarshi kurashish masalalarini ham muhokama qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasiga davlat tashrifini va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sammitidagi ishtirokini yakunlab, Toshkentga qaytgandi.
LiveBarchasi