Markaziy Osiyoda elektr ta’minotini xususiylashtirish taklif qilinmoqda

Olam

image

Ostona Xalqaro moliya markazi bosh direktori Aydar Kazibayev “Gidroenergetika: Markaziy Osiyo va Kaspiy dengizi” mavzusidagi xalqaro kongressda mintaqani energiya bilan ta’minlash bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun uni xususiy sektorga topshirish kerakligini aytdi. Uning so‘zlarini “Asia-Plus” nashri keltirmoqda.

Uning fikricha, tadbirkorlar suv-energetika resurslarini o‘zaro manfaatli va adolatli taqsimlash bo‘yicha mutasaddilarga qaraganda tezroq kelishib olishlari mumkin. Mutaxassisga ko‘ra, mintaqa davlatlari 30 yil davomida suv-energetika resurslarini boshqarishning yagona modelini ishlab chiqmagan.

“Bu masalada zararsiz o‘zaro ta’sir modellari yo‘q. Tomonlar uzoq muddatda masalaning iqtisodiga ko‘ra kelisha olmaydi. Va shuning uchun hozirgi vaqtda muammolarni hal qilish iqtisodiydan ko‘ra ko‘proq siyosiy tusga ega”, deydi Kazibayev.

U muzokaralarni siyosiy rejadan moliyaviy-iqtisodiy yo‘nalishga o‘tkazish zarurligini aytib o‘tgan.

“Biz mavjud xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida qo‘shma korxona tashkil etishdan, ya’ni, davlat va davlat organlarining o‘zaro hamkorligidan voz kechib, biznes darajasida ish yo‘lga qo‘yishdan boshlamoqchimiz”, deydi ekspert.

Uning fikricha, dastlab mintaqadagi barcha davlatlar ishtirokida bunday loyihani boshlash shart emas.

“Ikki qo‘shni davlat darajasida ishni yo‘lga qo‘yishning o‘zi kifoya, qolganlari esa foydani ko‘rib, o‘zlari qo‘shiladi”, deya xulosa qilgan Kazibayev.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy Osiyo elektr ta'minoti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing