Markaziy Osiyo va Xitoy “Abadiy do‘stlik” to‘g‘risida kelishuvga erishdi
Olam
−
17 iyun 7671 2 daqiqa
Bugun, 17 iyun kuni “Markaziy Osiyo – Xitoy” ikkinchi sammiti yakunlari bo‘yicha davlat rahbarlari Ostona deklaratsiyasini imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ostona deklaratsiyasidan tashqari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida Abadiy yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangan.
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev raisligida o‘tgan tadbirda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov qatnashdi.
Kun tartibiga muvofiq, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni ustuvor yo‘nalishlarda kengaytirish istiqbollari, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar ko‘rib chiqildi.
Sammit yakunlari bo‘yicha davlat rahbarlari quyidagi hujjatlarni imzoladi va qabul qildi:
- Abadiy yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma;
- Markaziy Osiyo-Xitoy Ikkinchi sammitining Ostona deklaratsiyasi.
- Markaziy Osiyo mamlakatlari sanoat boshqarmalari va Xitoy Xalq Respublikasi Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum;
- Markaziy Osiyo-Xitoy mamlakatlari iqtisodiyot va savdo vazirliklari o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;
- Markaziy Osiyo-Xitoy mamlakatlari iqtisodiyot va savdo vazirliklari o‘rtasida to‘siqsiz savdo sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi;
- Markaziy Osiyo-Xitoy mamlakatlari “Yashil minerallar” sohasida sarmoyaviy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi;
- Xitoy-Markaziy Osiyo-Yevropa tezkor temiryo‘llari bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi memorandum;
- Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusini sifatli amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejasi;
- Markaziy Osiyo-Xitoy formati doirasida fuqarolarning o‘zaro sayohati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish tashabbusi;
- 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma madaniy-gumanitar tadbirlar dasturi.
- Markaziy Osiyo davlatlari bojxona xizmatlari va Xitoy Xalq Respublikasi bojxona bosh boshqarmasi o‘rtasida bojxona tavakkalchiligini boshqarish sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi o‘zaro anglashuv memorandumi;
- Markaziy Osiyo davlatlari bojxona xizmatlari va Xitoy Xalq Respublikasi bojxona bosh boshqarmasi o‘rtasida noaniq tekshiruv va imidjni intellektual aniqlash sohasida texnik hamkorlik to‘g‘risidagi o‘zaro anglashuv memorandumi;
- Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasida xalqaro tashish uchun ruxsatnomalar berishni soddalashtirish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi;
- Xitoy va Markaziy Osiyo transport departamentlari o‘rtasida barqaror transport sohasida gumanitar almashinuvlar bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi.