Markaziy Osiyo o‘yinlari qayta tiklanadimi? MOQ Hukumat bilan nimani kelishishi kerak?

Sport

image

Bir necha ommaviy axborot vositalarida 2021 yildan Osiyo mintaqasi mamlakatlari o‘rtasida Markaziy Osiyo o‘yinlarining tiklanishi, unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston va Eron davlatlari ishtirok etishi haqida xabar tarqaldi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) ushbu xabar yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Unda ta’kidlanishicha, joriy yilning 13 fevral kuni Qozog‘istonning Nur-Sultan shahrida Markaziy Osiyoning yuqorida sanab o‘tilgan mamlakatlar Milliy olimpiya qo‘mitalari Bosh kotiblari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tgan va unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasidan ham vakil qatnashgan. Uchrashuvda 2021 yildan Markaziy Osiyo o‘yinlarini qayta tiklash masalasi ko‘rib chiqilgan. 

Milliy olimpiya qo‘mitasi mazkur yig‘ilish bo‘yicha shuni ma’lum qilmoqdaki, haqiqatan, barcha Milliy olimpiya qo‘mitasi vakillari ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, bu borada o‘z fikrlarini bildirishgan. O‘zbekiston tomoni ham mazkur tashabbusni ma’qullagan. Biroq Markaziy Osiyo o‘yinlari musobaqasida O‘zbekiston delegatsiyasining rasman ishtirok etishi masalasi hukumat bilan kelishilgan holda hal etiladi. Nur-Sultan shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi vakili bu xaqda yig‘ilish tashkilotchilarini xabardor qilgan.

Shunday ekan, O‘zbekiston delegatsiyasining Markaziy Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishiga oydinlik kiritilgach, Milliy olimpiya qo‘mitasi bu xaqda alohida rasmiy bayonot beradigan bo‘ldi.

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

MOQ Osiyo o'yinlari Markaziy Osiyo Bayonot

Baholaganlar

25

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing