Markaziy Osiyo rahbarlari Tojikistonda yig‘iladi

Jamiyat

image

Joriy yilning sentyabr oyida Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining an’anaviy beshinchi maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda kecha, 15 avgust kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin ma’lum qildi.

Keltirilishicha, beshinchi oliy darajadagi maslahat yig‘ilishi joriy yilning 14-15 sentyabr kunlari, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon raisligida o‘tadi.

“Ushbu uchrashuvni yuqori darajada va munosib o‘tkazish uchun biz Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan doimiy hamkorlik qilmoqdamiz va har tomonlama tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz”, degan anjumanda Sirojiddin Muhriddin.

Vazirning ta’kidlashicha, Markaziy Osiyo yetakchilarning maslahat yig‘ilishida bir qancha hujjatlar to‘plami imzolanadi va ulardan eng muhimi davlat rahbarlarining yakuniy deklaratsiyasi bo‘ladi.

Shuningdek, yig‘ilishida yer usti transporti va yoshlar siyosati sohasida ikkita muhim bitim imzolanadi.

“Tojikiston Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi maslahat uchrashuvi doirasida 12 ta parallel tadbirlarni o‘tkazishni taklif qilmoqda. Ular orasida iqtisodiy forum, olimlar forumi, faol ayollar uchrashuvlari, madaniy dastur va besh davlatining milliy taomlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi”, deya qo‘shimcha qilgan TIV rahbari.

Ma’lumot uchun, Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining maslahat uchrashuvi ilk bor 2018 yilda Qozog‘istonning Ostona shahrida, 2019 yilda O‘zbekistonning Toshkent shahrida, 2021 yilda Turkmanistonning Avaza shahrida va 2022 yilda Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida bo‘lib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev turkmanistonlik mavqedoshi Serdar Berdimuhamedov raisligida hamda Tojikiston rahbari Imomali Rahmon ishtirokida o‘tgan uch tomonlama sammitda qatnashgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

maslahat uchrashuvi Markaziy Osiyo davlatlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing