Markaziy Osiyo derbisida O‘zbekiston g‘alaba qozondi
Sport
−
10 Sentabr
8557Bugun, 10 sentyabr kuni 2026 yilgi Jahon chempionati Osiyo qit’asi saralashining 3-bosqichi 2-turi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarda Qirg‘iziston bilan bahs olib bordi. O‘yinga Bishkek shahridagi “Dolen Umurzakov” stadioni mezbonlik qildi.
Mazkur uchrashuv quvaytlik hakamlar brigadasi tomonidan olib borildi. Bosh hakam Ahmad al-Ali, unga qanotlarda hamyurtlari Abdulhadi al-Anezi va Ahmad Abbos yordam berdi. 4-rasmiy hakam sifatida esa Ammar Ashkanoni ishladi.
Uchrashuvning 15 daqiqasida Qirg‘iziston futbolchilari tomonidan hisob ochildi. Golga Kojo mualliflik qildi. Oradan 3 daqiqa o‘tib Eldor Shomurodov hisobni tenglashtirdi. O‘yinning 35-daqiqasida qirg‘izistonlik Abdurahmonov hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi. 1-bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda o‘zbekistonlik himoyachi Husniddin Aliqulov kiritgan gol evaziga O‘zbekiston hisobda yana tenglashdi. (2:2)
Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida Oston O‘runov hisobni O‘zbekiston foydasiga 2:3 ko‘rinishiga olib keldi. Shu bilan hisob o‘zgarmadi va O‘zbekiston g‘alaba qozondi.
LiveBarchasi