Markaziy Osiyo davlatlari Qozog‘istonga suv beradi

Olam

image

1 aprelga qadar Qozog‘iston Respublikasining Turkiston va Qizilo‘rda viloyatlariga Markaziy Osiyo davlatlaridan 11 kub kilometrdan ortiq suv oqib o‘tadi. Tegishli bayonnoma Qozog‘iston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikiston hukumatlari tomonidan Toshkentda bo‘lib o‘tgan Davlatlararo muvofiqlashtiruvchi suv komissiyasining 85-yig‘ilishida imzolandi.

Qayd etilishicha, mamlakatlar Sirdaryo va Amudaryo havzalaridagi suv omborlari kaskadining prognoz rejimi to‘g‘risida bayonnoma imzolagan. Shuningdek, 2023-2024 yillarda vegetatsiyalararo davr uchun suv olish limitlari tasdiqlangan.

“Shunday qilib, 1 aprelga qadar Shardara suv omboriga 11,1 kub kilometr suv quyilishi, “Do‘stlik” davlatlararo kanali orqali kutilayotgan suv olish hajmi 487 million kub metrni tashkil etishi prognoz qilinmoqda. Bu Turkiston va Qizilo‘rda viloyatlarida 2024 yilgi vegetatsiya mavsumi uchun zarur bo‘lgan suv hajmini jamg‘arish, shuningdek, Orol dengiziga 1,6 milliard kub metr suv yetkazib berish imkonini beradi”, deyiladi xabarda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, 2030 yilga borib Qozog‘iston suv tanqisligiga duch kelishi mumkin.

Shuningdek, Afg‘onistonda qurilayotgan Qo‘shtepa kanali qurilishidan O‘zbekiston va Turkmaniston xavotirda. Kanal Amudaryo resurslarini yo‘naltiradi va sovet davridan buyon bu manbadan foydalangan ikki davlat uchun suv ta’minotini to‘xtatadi. O‘zbekiston va Turkmaniston 2028 yilda suv yo‘li qurib bitkazilganidan so‘ng hozirgi suv oqimining 15 foizgacha qismini yo‘qotishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston suv Markaziy Osiyo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing