Markaziy bank tomonidan 13 ta tijorat banki ogohlantirildi

Jamiyat

image

Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan 2023 yilning sentyabr oyida o‘tkazilgan 9 ta yig‘ilishda 1 ta tijorat banki va 1 ta to‘lov tashkilotining ayrim operatsiyalarini amalga oshirishiga cheklov o‘rnatildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 13 ta tijorat banki faoliyatida qoidabuzarliklar aniqlanganligi sababli chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Bundan tashqari, 6 ta tijorat bankiga nisbatan jarima chorasi qo‘llanilgan. 

“Ustav kapitali qonunchilik talablariga muvofiq shakllantirilmaganli munosabati bilan 1 ta tijorat bankining aktiv va passiv operatsiyalarini to‘xtatish hamda 4 ta to‘lov tashkilotidan faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalarini chaqirib olish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi”, deyiladi Markaziy bankning bu haqdagi ma’lumotida.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing