Markaziy bank raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
10 Oktabr
4917Abror Mirzo Muhammadqosimovich Olimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Markaziy bank raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.
Uning zimmasiga xalqaro hamkorlik, valyutani tartibga solish, xalqaro zaxiralarni boshqarish, qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash, moliya-iqtisodni yuritish, amaliyot faoliyatiga rahbarlik vazifalari yuklatilgan. Shuningdek, u Respublika Valyuta birjasi ishini muvofiqlashtiradi.
Shu kungacha Abror Mirzo Olimov Markaziy bankning Valyutani tartibga solish va to‘lov balansi departamenti direktori lavozimida ishlab kelgan.
Ma’lumot uchun, Olimov 1988 yilda tug‘ilgan. 2010 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida bakalavr bosqichini, 2012 yilda magistratura bosqichini tamomlagan. 2020 yilda Yaponiyaning Xitotsubasi universitetida magistraturani tamomlagan.
LiveBarchasi
06 noyabr