Markaziy bank raisiga o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rahbariyati tarkibida o‘zgarish yuz berdi. Ayubxon Kamalov MB raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ayubxon Kamalov bugungacha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish kotibiyati rahbari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Ayubxon Kamalov 1971 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 1993 yilda Leningrad qishloq xo‘jaligi instituti, 2001 yilda Namangan muhandislik-pedagogika institutini tamomlagan. 1994−2017 yillarda bank va Moliya vazirligi tizimlarida turli vazifalarda ishlagan.

2017−2019 yillar davomida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ijrochi direktori bo‘lgan. Ayubxon Kamalov 2019 yil fevralidan 2020 yilning may oyiga qadar Namangan viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajargan.

Avvalroq, Markaziy bank raisining Saidqahhor Xolxo‘jayev Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank

Baholaganlar

159

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing