Markaziy bank ogohlantirish bilan chiqdi 

Jamiyat

image

Firibgarlar o‘zini Markaziy bank xodimi sifatida tanishtirib, internetdan soxta telefon raqamlari orqali fuqarolarga qo‘ng‘iroq qilish holatlari kuzatilmoqda. Shuningdek, ular fuqarolarning bank kartalariga oid ma’lumotini qo‘lga kiritish orqali kartadagi pul mablag‘larini o‘zlashtirmoqda. Bu bo‘yicha Markaziy bank matbuot xizmati ogohlantirish bilan chiqdi

Unga ko‘ra, firibgarlar Telegram ijtimoiy tarmog‘ida Markaziy bank nomidan ochilgan “Markaziy_Banki_uz” soxta kanalida fuqarolarga onlayn kreditlar taklif etib, bank kartalariga oid ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali undagi pul mablag‘larini o‘zlashtirmoqda. Markaziy bank bu kabi xabarlar va foydalanuvchiga hech qanday aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi. 

Markaziy bank o‘z navbatida fuqarolarga quyidagilarni eslatib o‘tgan:

  • bank jismoniy shaxslarga kreditlar ajratmasligi va moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanmasligini yodda tuting;
  • fuqarolardan ushbu xabarlarga e’tibor qaratmaslik va bank kartalari ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga bermaslik, hech qanday havolaga kirmaslik so‘raladi;
  • ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish jarayonida regulyatorning tarmoqlardagi verifikatsiyalangan sahifalaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank Firibgar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing