Markaziy bank xalqaro valyuta zaxiralari bilan bog‘liq raqamlarni ochiqladi
Jamiyat
−
08 iyul 2023
8166Markaziy bank O‘zbekistonning xalqaro valyuta zaxiralariga oid ma’lumotlarni ochiqladi. Bu haqda bank Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning rasmiy zaxiralari 33,72 milliard dollarni tashkil qilmoqda, bu joriy yil boshidan buyon qayd etilgan minimum ko‘rsatkich hisoblanadi.
Ta’kidlanishicha, rasmiy zaxiralarning qisqarishi asosan valyutadagi aktivlar kamayishi bilan bog‘liq bo‘lib, xorijiy valyutadagi aktivlar miqdori iyun oyiga nisbatan 514 million dollarga kamayib, 9 milliard 576 million dollarni tashkil qilmoqda.
“Spot” nashriga ko‘ra, bu mamlakatning 2018 yildan beri qayd etilgan eng past ko‘rsatkichi sanaladi.
Joriy yilning iyun oyida O‘zbekiston Markaziy bankining boshqa davlatlar markaziy banklari va Xalqaro valyuta jamg‘armasidagi naqd valyuta va depozitlari hajmi bir oy ichida 2,5 barobardan ko‘proqqa kamayib, 1,4 milliard dollardan 565,5 million dollarga tushgan. Xorijdagi banklarda saqlanayotgan zaxira valyutalar miqdori bir oy davomida 8,7 milliard dollardan 9,0 mlrd dollarga yetgan.
Shuningdek, iyun oyi davomida oltin zaxiralarining qiymati nisbatan kamaygan. Zaxiralarning oltin qismi 23,08 milliard dollarni tashkil qilmoqda. Bu esa o‘tgan oyga nisbatan 137 million dollarga kam.
LiveBarchasi